O'qitiladigan fanlar
Bakalavriyat bosqichida
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
Soliqlar va soliqqa tortish |
Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali buxgalter-iqtisodchi xodimlar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar soliqqa tortish usullarini, iqtisodiyotni boshkarish va soliq yukini pasaytirish yo‘llarini, soliqlarni hisoblashni va byudjetga o‘tkazishni o‘rganish va ko‘nikma hosil qilish. |
Moliyaviy hisob |
Moliyaviy hisob fani o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi: pul mablag‘larini hisobga olish; korxona tovar-moddiy zaxiralarini hisobgp olish; moliyaviy hisobot va uni taqdim etilish tartibi. |
Moliyaviy menejment |
Fanning asosiy vazifasi korxona va tashkilotlarning faoliyat sohasini va maqsadini aniqlash, bu maqsadlarga erishishga qaratilgan moliyaviy strategik va taktik rejalarni ishlab chiqish, hamda uni amalga oshirish, raqobatbardoshligini oshirish, faoliyat natijalariga baho berish yo‘llarini bo‘lajak mutaxassislarga tushuntirishdan iborat. |
Pul kredit va banklar |
Pul kredit va bank fanining maqsadi – pul muomalasini tashkil topishini, pul islohatlarini o‘tkazilishi, pul tizimini takomillashtirilishi, milliy valyutani barqarorligini ta’minlash shvrtlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditni rivojlantirish qonuniyatlari, banklarning vujudga kelishi va ularning rivojlanish bosqichlari, O‘zbekistonda bank tizimini shakllanishi va barqarorligini ta’minlashni o‘rgatishdan iboratdir. |
Sug‘urta ishi |
Fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun sug‘urtaning shakllanish tarixini, sug‘urtani guruxlash, respublikadagi davlat va xususiy sug‘urta kompaniyalarini boshqarishni, sug‘urta bozorini bugungi holatini, sug‘urta muassasalarining moliyaviy asoslarini hamda O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish to‘g‘risida bilim berishdan iborat. |
Moliyaviy hisobot |
Moliyaviy hisobot fani o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi: korxona asosiy vositalarini hisobga olish; moliyaviy hisobot va uni taqdim etilish tartibi. |
Moliya bozori |
Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarda moliya bozori bo‘yicha zaruriy bilim, amaliy ko‘nikma va malaka shakllantirish. |
Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari |
Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining hususiyatlari fanini o‘qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali buxgalterlar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy buxgalteriya hisobini yuritish, xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish, xo‘jalik muomilalarini xujjatlarda aks ettirish va xisobotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. |
Suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobi |
Fanning vazifasi talablarga suv xo‘jaligi tashkilotlarining xususiyatidan kelib chiqib, byudjet muassasasi bo‘lgan suv xo‘jaligi ekspluatatsion tashkilotlari va qisman nodavlat notijorat tashkilot hisoblangan suvdan foydalanuvchilar uyushmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibi, hamda suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobini milliy va xalqaro andozalari asosida yuritishni o‘rgatishdan iborat. |
Iqtisodiy tahlil va audit |
Bu fanni o‘qitilishidan maqsad bo‘lg‘usi ish joylarda turli xil axborot manbalaridan foydalanib korxonalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tushunish boshqaruvni to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish va auditni to‘g‘ri o‘tkazishdan iboratdir. |
Moliya |
Moliya va soliqlar fanining maqsadi – talabalarda moliya, pul-kredit, bank munosabatlarini, soliqlarning turlari bo‘yicha yo‘nalishlariga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. |
Statistika |
Statistika fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ma’lumotlarni yig‘ish, jamlash, tahlil qilish, ularning aniqligiga ishonch hosil qilish to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. |
Buxgalteriya hisobi nazariyasi |
Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini nazariy jixatidan o‘rganish, korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish shakllari, xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini, korxonalarning moliyaviy natijalarini hisobga olishni yaxshilashda xalqaro andozalar to‘g‘risida ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
Iqtisodiy tahlil nazariyasi |
Fanni o‘qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti taxlil va audit xaqida bilimga ega bo‘lishligini talab etadi. |
Iqtisodiy tahlili |
Bu fanni o‘qitilishidan maqsad bo‘lg‘usi ish joylarida turli xil axborot manbalaridan foydalanib korxonalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tushunish va boshqaruvni to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishdan iborat. |
Moliya |
Fanning asosiy maqsadi korxonalar faoliyatini moliyalashtirish tizimining nazariy va amaliy asoslari bo‘yicha bilim ko‘nikmalarni xosil qilish imkoniyatlarini yaratadi. |
Buxgalteriya hisobi |
Fanni o‘qitishning maqsadi talabalarga korxonalarda buxgalteriya xisobi nazariyasi bo‘yicha nazariy bilimlarni xosil qilish va ularni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. |
Audit |
“Audit asoslari” fanini o‘qitishning maqsadi – kelajakda yuqori malakali buxgalter va auditor xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida auditning nazariy va ilmiy jihatdan o‘rganish, audit xizmatlaridan korxonalarning samarali foydalanishi, auditning o‘ziga xos xususiyatlari va mezonlari to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. |
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari |
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish, xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini, korxonalarning moliyaviy natijalarini hisobg olishni yaxshilashda xalqaro andozalar to‘g‘risida ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
Boshqaruv hisobi |
Boshqaruv hisobi fanining maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish, korxona xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalarini, korxonalarning moliyaviy natijalarini hisobga olishni yaxshilashda xalqaro andozalar to‘g‘risida ko‘nikma hosil qilishdan iborat. |
Buxgalteriya hisobi axborot tizimlari |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan 1S va 1UZ dasturini chuqurroq o‘rgqnishi muhim axamiyatga egadir. Ushbu fan talabalarga “Buxgalterga elektron madad” dasturining xususiyatlarini ham o‘rganish imkonini beradi. |
Investitsiya |
Fanni o‘qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi xodimlari bo‘lib yetishadigan talabalar uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar faolligini oshirish va ularni moliyalashtirish manbalari, samaradorligini baholash usullarini, investitsiya risklarini boshqarish va pasaytirish yo‘llari, investitsiyalarni xalqaro moliya muassasalari kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish xususiyatlari va mezonlari to‘g‘risida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. |